Gazli ichimliklar dunyodagi eng mashhur mahsulotlardan biri bo‘lib qolmoqda. Coca-Cola ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni uning mahsulotlarini 1,9 milliarddan ortiq kishi iste’mol qiladi. O‘rtacha olganda, dunyo aholisi bir kunda 55–65 ml Coca-Cola ichimligini ichadi, bu esa yiliga bir kishiga 20–23 litrni tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkichlar global miqyos va barqaror o‘sishni yaqqol aks ettiradi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan va yoshlar orasida ommalashib borayotgan energetik ichimliklar bozori alohida e’tiborga loyiq.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston do‘konlarida gazli ichimliklar va energetik ichimliklarning assortimenti sezilarli darajada kengaydi. Xalqaro brendlar bilan bir qatorda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham paydo bo‘ldi.
Oziq-ovqat ichimliklari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi baholashicha, mamlakatdagi yoshlarning 60% dan ortig‘i haftada kamida bir marta gazli ichimlik yoki energetik sotib oladi. Biroq muntazam iste’mol bo‘yicha rasmiy statistika hali mavjud emas, ko‘rsatkichlar yosh toifasi va hududlarga qarab farq qiladi.
Newsinfo foydalanuvchilarga so‘rovnomadan o‘tishni taklif qiladi, uning natijalari mamlakat aholisi yangi texnologiyalarni joriy etishga qanchalik tayyor ekanini ko‘rsatadi.