Shou biznes
07.01.24
10900

Britney Spears kutilmaganda o‘zining musiqa faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Shuningdek, san’atkor muxlislariga yangi albomlarni kutmasliklarini ta’kidladi.

Amerikalik qo‘shiqchi Britney Spears muxlislarini kutilmagan bayonoti bilan hayratda qoldirdi — u o‘zining musiqa faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Bir necha hafta oldin internetda qo‘shiqchining yangi albom chiqarmoqchi ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq u bu gap-so‘zlarga salbiy munosabat bildirib, bunday xabarlarni “axlat” deb atadi va ijodga qaytishni rejalashtirmayotganini ochiq aytdi.

Bundan tashqari, yulduz so‘nggi ikki yil ichida boshqa san’atkorlar uchun 20 dan ortiq qo‘shiqlar yozganini ham qo‘shimcha qildi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling