Shou biznes
24.01.24
13163

Lola Yuldasheva ochiq libosda tushirilgan videoni e’lon qildi.

Yaqinda mashhur o‘zbek qo‘shiqchisi Lola Yuldasheva ijtimoiy tarmoqlarda yangi video e’lon qildi. Uning posti ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Videorolikda Lola qisqa qora ko‘ylakda, silliq taralgan sochlari bilan namoyon bo‘lgan. Muxlislar befarq qolmay, uning go‘zalligiga qoyil qolishdi.

«Qanday qilib bunday qomatni saqlab qolasiz?», «Lola, baribir siz boshqachasiz, juda o‘zgacha», «Ajoyib ko‘rinyapsiz», — deb yozishdi izoh qoldirganlar.

Ko‘plab muxlislar shuni ta’kidlashdiki, Lolaning uch farzandi bo‘lishiga qaramay, u hamon orasta qomat va energiyani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling