\
Kylie Jenner va Timothée Chalamet o‘rtasidagi munosabatlar haqida bu yil boshida ma’lum bo‘ldi. Dastlab bu faqat internetdagi mish-mishlar edi, biroq keyinroq ularning aloqasini tasdiqlovchi dalillar — Beyoncé konsertidagi o‘pishish videosi — matbuotga chiqdi.
Kecha esa ular ilk bor birgalikda rasmiy tadbirda ko‘rinish berishdi, ammo matbuot oldida imkon qadar alohida turishga harakat qilishdi.
Qizil yo‘lakda ular alohida suratga tushishdi, biroq fotografchilar ularni birga stol yonida o‘tirgan holatda ikkita kadrga olishga muvaffaq bo‘lishdi.