O‘tgan yil kuzida rossiyalik teleboshlovchi Laysan Utyasheva “Samarkandda omon qolish” shousining ikkinchi mavsumi chiqishini e’lon qilgan edi.
Endi esa ma’lum bo‘ldiki, ishtirokchilar sinovlarni O‘zbekistonda o‘tashadi va loyiha nomi “Samarkandda omon qolish” deb o‘zgartirildi. Loyiha mualliflari suratga olish ishlarining oktyabr oyida boshlanganini bildirishdi.
Shuningdek, allaqachon internetda ishtirokchilar sinovlardan o‘tayotgan lavhalar paydo bo‘ldi. Shouning boshlovchilari esa mashhur er-xotin — Pavel Volya va Laysan Utyasheva bo‘lishdi.
Laysan Utyasheva qisqa tizer ham ulashdi, unda loyihaning premyerasi shu yil 14-yanvarda bo‘lishi aytib o‘tilgan.