Shou biznes
22.01.24
17117

Munisa Rizaeva Abror MuhTor Ali ustidan sudga murojaat qilmoqchi.

So‘nggi kunlarda diniy faol Abror Muxtor Ali va qo‘shiqchi Munisa Rizaeva o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Xabar qilinishicha, Abror Muxtor Ali qo‘shiqchining nikohi haqida gapira boshlagan va yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.

O‘z navbatida, san’atkor erining islom dinini qabul qilganini va musulmon ekanini bildirgan. Biroq bu gaplardan so‘ng ular to‘ydan keyin mehmonxonalarda shampan ichayotgani kuzatilgan.

— Men birovning shaxsiy hayotiga aralashishni xohlamayman, lekin odamlarni chalg‘itishlariga ham rozi emasman. Foydalanuvchilar bunga ishonib, qoyil qolishyapti, — deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘i bilan spirtli ichimlik iste’mol qilmasligini aytgan edi:
"Do‘stlar, bizga gazlangan choy berishgan. Bu yerda bilishadi, men va erim alkogol ichmaymiz", — degan edi qo‘shiqchi.

Shuningdek, Munisa Rizaeva Toshkentga qaytishi bilan bu masalani sud orqali hal qilish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling