Shou biznes
06.01.24
12953

Rayhon G‘anieva va Xamdam Sobirov duet taqdim etishdi va klip suratga olish jarayonidan bo‘lishishdi.

Klip sahnalaridan biri Toshkent metrosida suratga olingan.

Bir necha kun avval o‘zbek qo‘shiqchisi Rayhon G‘anieva xonanda Xamdam Sobirov bilan duet tarzida yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Ushbu qo‘shiq “Qizil ko‘ylagim” deb nomlanadi.

Bundan tashqari, san’atkorlar ushbu qo‘shiq uchun videoklip ham suratga olishdi.

Rayhon G‘anieva klip jarayonidan lavhalarni namoyish qilgan videoni e’lon qildi. Unda ko‘rsatilishicha, klip sahnalaridan biri poytaxt metrosida suratga olingan. Qo‘shiqchining o‘zi esa anchadan beri metroga tushmaganini tan oldi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling