Shou biznes
15.01.24
15185

“Samarkandda omon qolish” realiti-shousi suratga olish ishlari davom etmoqda.

«Gigiyena bilan muammo bor»: realiti-shou ishtirokchisi Vlad Topalov suratga olish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Hozirda Samarqandda “Omon qolish...” realiti-shousining ikkinchi mavsumi suratga olinmoqda.

Bu mavsumda qo‘shiqchilar Vlad Topalov, Mitya Fomin, Nazima va Yuliya Parshuta, model Viki Odintsova hamda komik Sergey Gorelikov oddiy odamlar bilan bellashmoqda.

Oddiy ishtirokchilar dastlab hashamatli mehmonxona xonalariga joylashtirilgan bo‘lsa, yulduzlar O‘zbekiston tog‘larida joylashgan, yashash uchun qulayliksiz lagerga yuborilgan.

Biroq ular bunday sharoitlarga tayyor emas edilar va allaqachon sharoitdan shikoyat qila boshlashdi. Masalan, qo‘shiqchi Vlad Topalov lagerda yuvinish joyi bo‘lmagani uchun yuzini yuvish va tishlarini tozalashning imkoni bo‘lmaganini aytdi. Model Viki Odintsova esa O‘zbekiston tog‘larida yashash qiyinligini tan olib, tongda boshida o‘rgimchak bilan uyg‘onishdan qo‘rqayotganini bildirdi.«Gigiyena bilan muammo bor»: realiti-shou ishtirokchisi Vlad Topalov suratga olish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling