Shou biznes
16.10.23
21165

Will Smith rafiqasi bilan ajrashayotgani haqida rasmiy bayonot berdi.

Aktyor g‘arbiy tabloidlarga qisqa intervyu berdi.

Bir necha kun avval Will Smith yetti yil birga yashagan rafiqasidan yashirincha ajrashgani ma’lum bo‘ldi. Bu borada Jada bir nechta intervyu bergan edi, endi esa aktyorning o‘zi ham bayonot bilan chiqdi.

— Odam bilan hayotingning yarmidan ko‘prog‘ini o‘tkazsang, unda ma’lum bir hissiy ko‘rlik paydo bo‘ladi. Sen yashirin nozik jihatlar va nozik go‘zalliklarga befarq bo‘lib qolishing mumkin, — dedi u.

Will Smith, shuningdek, turmush o‘rtog‘i kutilganidan ham “yorqinroq, aqlliroq va mehribonroq” bo‘lib chiqqanini ta’kidladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling