Yangiliklar
03.03.26
7480

Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi milliy OTMlar reytingini shakllantiradi

O‘zbekistonda 25 ta indikator asosida OTMlar milliy reytingi yo‘lga qo‘yiladi. Natijalar har yili 1 noyabrgacha e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda har yili davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi e’lon qilinadi. Baholash to‘rt yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: amaliy fanlar, tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda ijod (jumladan sport).

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha reyting 1 noyabrgacha e’lon qilinadi. Tayyorgarlik bosqichi doirasida 1 iyungacha talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umumrespublika so‘rovi o‘tkaziladi. OTMlarning xalqaro nufuzini baholash uchun xorijiy ekspertlar ham jalb etiladi.

Reyting metodologiyasi 25 ta indikatorni o‘z ichiga oladi, ulardan beshtasi so‘rovnoma natijalari asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlar inobatga olinishi uchun muayyan OTM talabalarining va professor-o‘qituvchilar tarkibining kamida 20 foizi so‘rovda ishtirok etishi lozim.

Reytingni shakllantirish va e’lon qilish Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog‘laydigan va yosh mutaxassislarning bandligini yengillashtiradigan raqamli ekotizimni ishga tushirish rejalashtirilgani ham avval xabar qilingan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling