Yangiliklar
26.01.26
7394

Oltin narxi birinchi marta unsiya uchun 5000 dollarni oshirdi

COMEX birjasida oltin narxi tarixda birinchi marta treys untsiya uchun 5000 dollarni oshdi. Qimmatbaho metalning kursi global noaniqlik fonida oshishda davom etmoqda.

Oltin yangi tarixiy rekord o‘rnatdi — unsiya uchun 5 ming dollar muhim psixologik chegarasini oshdi. Rekord Nyu-Yorkdagi COMEX birjasidagi savdolar davomida qayd etildi.

TASSning savdo maydonchasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 2026-yil fevral yetkazib berish muddati bilan oltin fyuchersi Toshkent vaqti bilan 04:03 holatiga unsiya uchun 5007,5 dollarga yetgan. Narx o‘sishi shu bilan to‘xtamadi: 07:15 ga kelib qiymat yana 1,85% ga oshib, 5075,5 dollarga yetdi.

Tahlilchilar oltinning rekord narxi global iqtisodiy va geosiyosiy noaniqliklar, bir qator mamlakatlarda pul-kredit siyosatini yumshatish kutishlari hamda markaziy banklar tomonidan talabning oshishi bilan bog‘liqligini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq xabar berilganidek, 2025-yil noyabrida O‘zbekiston dunyoda oltinning eng yirik xaridorlari qatoriga kirgan. O‘zbekiston Markaziy banki oy davomida 10 tonna qimmatbaho metal sotib olib, mamlakatning xalqaro zaxiralarini mustahkamladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling