Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Aholini zararli shovqin ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Hujjatda sokinlik rejimini kengaytirish taklif qilingan edi: ish kunlarida 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlarida esa 22:00 dan 09:00 gacha. Shuningdek, qurilish ishlarini faqat ish kunlari 09:00 dan 18:00 gacha o‘tkazish belgilangan edi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra, 64 deputat qarshi chiqdi, 41 — ma’qulladi, 17 kishi betaraf qoldi, 5 deputat ovoz bermadi. Loyiha qayta ko‘rib chiqish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarildi va keyingi yalpi majlislardan birida muhokama qilinadi.