2025-yilning yanvar–avgust oylarida 20,7 ming nafar o‘zbekistonlik xorijga o‘qish uchun chiqib ketgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 ming kishiga kam bo‘lib, pasayish 24,6 foizni tashkil etgan, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Eng ko‘p talaba Tojikistonni tanlagan — 5,2 ming nafar. Shuningdek, Rossiyada — 4,6 ming, Qirg‘izistonda — 3,1 ming va Janubiy Koreyada — 2,3 ming o‘zbekistonlik tahsil olayotgani qayd etilgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi davlatlar joylashgan:
Turkiya — 1,5 ming
Qozog‘iston — 874
Xitoy — 797
Buyuk Britaniya — 567
Germaniya — 285
AQSh — 256
Mutaxassislar xorijda o‘qiyotgan talabalar sonining kamayishini mamlakat ichida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari va qo‘shma dasturlar sonining ortishi, shuningdek, ingliz tilida ta’lim beruvchi mahalliy universitetlar ko‘paygani bilan izohlamoqda.