Yangiliklar
04.09.25
7463

Toshkentning yangi aeroporti uchun 1300 gektardan ortiq yer ajratiladi

Toshkentda yangi aeroport qurilishi uchun 1309 gektar yer ajratildi. Majmua yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, soatiga 40 ta reysni amalga oshira oladi.

Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun 1309 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu hudud Urta-Chirchiq va Quyi-Chirchiq tumanlarida joylashgan bo‘lib, uning katta qismi sug‘oriladigan yer hisoblanadi. Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr agentligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratilgan yerlarning tarkibi quyidagicha:

  • 1075,45 gektar — sug‘oriladigan yerlar,

  • 112,69 gektar — bog‘lar,

  • 0,65 gektar — yaylov va pichanzorlar,

  • 120,97 gektar — boshqa toifadagi yerlar.

Eslatib o‘tamiz, yangi aeroport amaldagi aeroportdan 17 km janubda barpo etiladi. U yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rshatish, bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotni joylashtirish va soatiga 40 dan ortiq reysni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling