Yangiliklar
25.08.25
8642

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarishi ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda

Iyul oyida O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarilishi 14,7% ga kamaydi. Boshqa modellarda o‘sish qayd etilayotganiga qaramay, pasayish ketma-ket to‘rtinchi oy davom etmoqda.

O‘zbekistonda eng mashhur model hisoblangan Cobalt avtomobili ishlab chiqarilishi pasayishda davom etmoqda. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyulida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 14,7% ga kamaygan. Shunday qilib, pasayish ketma-ket to‘rtinchi oy qayd etilmoqda.

  • aprel — –6%,

  • may — –10,6%,

  • iyun — –7,84%,

  • iyul — –14,7%.

Umuman olganda, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda 212 156 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,5% ko‘p, 2023-yil darajasidan esa 9,3% yuqori. Har 100 ta mashinaning 63 tasi Cobalt va Damas ulushiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa brendlar bo‘yicha esa o‘sish kuzatilmoqda:

  • Tracker — +12,9%,

  • Kia — +27,6%,

  • Haval — deyarli 7 baravar.

Shu bilan birga, Cherry ishlab chiqarishi 0,6% ga, Cobalt esa 1,9% ga kamaydi.

Ma’lumot uchun: UzAuto Motors sof foydasi 2025-yilning birinchi yarmida 27,5% ga qisqardi — 1,91 trln so‘mdan 1,38 trln so‘mgacha.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling