O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda mamlakatning turli hududlarida korrupsiyaga oid yangi faktlarni oshkor qildi. Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
Andijon viloyati. Buston tumanida investitsiyalar bo‘yicha va qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi. Mansabdorlar fermer xo‘jaligiga eksport rejasini yopishda \$500 ming miqdorida yolg‘on operatsiyalar orqali ko‘mak berishni taklif qilishgan. Shuning evaziga ular 65 mln so‘m pora talab qilishgan. Avgust oyida ulardan biri avans sifatida 25 mln so‘m olgan, qolgan 40 mln so‘mni vakili orqali olishga urinayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Toshkent. Poytaxtda ikki firibgar qo‘lga olindi. Ular Sergelida 1 gektar yer uchastkasi statusini ko‘p qavatli uy qurilishi uchun o‘zgartiradi degan va‘da bilan hokimiyatdagi tanishlari orqali va’da berishgan. «Xizmat» uchun ular \$900 ming talab qilishgan va Mirabad tumanida avans sifatida \$220 ming olgan paytda ushlangan.
Qashqadaryo viloyati. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi raisi o‘rinbosarini qo‘lga olishdi. U ariza beruvchining o‘g‘li uchun imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olishni va’da qilib, shu ish uchun 20 mln so‘mni shaxsan o‘z kabinetida olgan.
Barcha faktlar bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.