Toshkentda kuchli qor yog‘ishi va yo‘l sharoitlarining yomonlashishi sababli avtotransport harakati vaqtincha qiyinchiliklarga duch keldi. Bir qator avtobus yo‘nalishlarida qatnov oralig‘i uzaytirildi, shuningdek, belgilangan jadvallardan chekinishlar bo‘lishi mumkin.
Toshshahartanshizmat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu choralar majburiy xarakterga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va haydovchilar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq. Poytaxt aholisidan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va yo‘llarda diqqatli bo‘lish so‘ralmoqda.
Piyodalarga yo‘lni kesib o‘tishda alohida ehtiyotkor bo‘lish, sirpanchiq yuzani va cheklangan ko‘rish sharoitini hisobga olish tavsiya etiladi. Tirbandlik va yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirish maqsadida, imkon qadar jamoat transportidan foydalanish ma’qul.
Vazirlik haydovchilarga murakkab yo‘l sharoitini inobatga olish, shaxsiy avtomobillardan imkon qadar voz kechish, ayniqsa transport vositasi qishki shinalar bilan jihozlanmagan bo‘lsa, chaqiruv yubordi. Shuningdek, tezlik chegaralariga va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.
Avvalroq, 22–24-yanvar kunlari O‘zbekistonda ob-havo keskin yomonlashishi kutilayotgani haqida sinoptiklar ogohlantirgandi: qor yog‘ishi, sovuq va nam havoning kirib kelishi, ayrim hududlarda harorat −15 darajagacha tushishi prognoz qilinmoqda.