Olmaliqda 5-maktabda 10-sinf o‘quvchisining vafoti yuzasidan tergov olib borilmoqda. Ushbu mudxish hodisa 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan — 15 yoshli qiz maktab koridorida birdan hushidan ketib, voqea joyida ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan oldin qizning tengdoshlari bilan mojaro bo‘lgan va uni shundan so‘ng “tarbiyaviy suhbat” o‘tkazish uchun maktab ma’muriyatiga chaqirishgan. Guvohlarning aytishicha, rahbariyat kabinetiga borar yo‘lda, zinapoya oralig‘ida qizning ahvoli yomonlashib, u yiqilib hushidan ketgan.
Vaziyatga favqulodda xizmatlar jalb qilingan, biroq qizni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Hozirda sud-tibbiy va boshqa ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, ular o‘lim sababini aniqlashi va qizni ma’muriyatga chaqirishdan oldingi vaziyatni oydinlashtirishi lozim.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoatchilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka va tekshiruv yakunlari bo‘yicha rasmiy xulosalarni kutishga chaqirmoqda.