Yangiliklar
12.02.26
7334

Andijonda turar joy binosida gaz portlashi sodir bo‘ldi

Andijonda 11-fevral kuni ko‘p qavatli uy xonadonida gaz-havo aralashmasi portladi. Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan, uy aholisi vaqtincha mehmonxonaga joylashtirildi.

11-fevral kuni kechqurun Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining xonadonida gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa soat 23:55 da “Nodirabegim” mahallasida yuz bergan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar hamda FVVning hududiy boshqarmasi rahbariyati yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqmagan va olov qo‘shni xonadonlarga tarqalmagan.

Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Zarar ko‘rgan xonadonlar aholisi vaqtincha mehmonxonaga joylashtirildi. Tiklash ishlari yakunlangach, ularning uylariga qaytishiga ruxsat beriladi.

Hozirda mutaxassislar portlashga sabab bo‘lgan gaz sizib chiqish holatining kelib chiqish sabablarini aniqlamoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling