Navoiy viloyatida erkak yo‘l-patrul xizmati inspektori formasida reklama roligi suratga olgani uchun jarimaga tortildi.
Hududiy YPX ma’lumotlariga ko‘ra, u idora xodimi formasini kiyib, Instagram’da e’lon qilingan videoda suratga tushgan. Rolikda yigit YPX inspektorini tasvirlagan, biroq bunga qonuniy asosga ega bo‘lmagan. Video e’lon qilingach, foydalanuvchilar norozilik bildirishgan va uning shaxsi tezda aniqlangan.
Sudda ma’lum bo‘lishicha, forma oldindan sotib olingan. Qoidabuzar esa yozda do‘stlari bilan rolikni reklama maqsadida suratga olganini, formasidan foydalanishning noqonuniyligini bilmaganini aytib o‘tgan.
Natijada sud unga ikki baravar bazaviy hisoblash miqdorida ma’muriy jarima tayinladi.