Yangiliklar
17.09.25
7488

Navoiy viloyatida mast va huquqsiz haydovchi Damas’da 23 nafar bolani olib ketayotganda qo‘lga olindi

Navbahor tumanida 23 nafar bola va ikki tarbiyachini olib ketayotgan, huquqsiz va mast holatdagi Damas haydovchisi qo‘lga olindi. Ish sudga yuborildi.

15 sentyabr kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida YHXX xodimlari Damas avtomobilini to‘xtatdi, uning ichida 23 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi va ikki nafar tarbiyachi bo‘lgan.

Tekshiruv jarayonida haydovchi mast holatda ekani va haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi aniqlandi.

Erkak mashina qaynonasiga tegishli ekanini, yo‘lovchilar orasida o‘z farzandi ham bo‘lganini aytib, «Oldingi kuni charchadim va shu sababli pivo ichdim», — deya izoh berdi.

Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi, rasmiylashtirilgan hujjatlar esa sudga yuborildi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling