Samarqand viloyatida 44 yoshli Payariq tuman markaziy kasalxonasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasi inson savdosi jinoyatida aybdor deb topildi. U ruhiy kasalligi bor ayoldan uch kunlik chaqaloqni o‘g‘irlab, 5 mln so‘m va 100 AQSh dollariga sotgan.
Sud materiallariga ko‘ra, hamshira chaqaloqni tug‘ruq bo‘limidan ona pasporti va tug‘ilganlik guvohnomasi bilan birga olib chiqqan. Qizcha mahalla ahlidan bir ayolga topshirilgan, olingan pul esa shaxsiy ehtiyojlarga sarflangan.
Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatni tezkor aniqlab, chaqaloqni tug‘ruq bo‘limiga qaytarib, gumondorni ushlagan.
2025-yil 11 avgustda Payariq tuman sudi ayolni besh yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan birga, ikki yil davomida sog‘liqni saqlash sohasida va moddiy mas’uliyat bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash taqiqlandi. Uning Minlo avtomobili jinoyat quroli sifatida musodara qilingan.
Biroq, 23 sentyabrda Samarqand viloyat sudi sud kollegiyasi avtomobil musodarasini bekor qilib, uni ayblanuvchining ixtiyorida qoldirdi.