Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 32 yoshli ayolning vafoti holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 12 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayolning o‘limiga tibbiyot muassasasida inʼeksiya qilinishi chog‘ida yo‘l qo‘yilgan shifokor xatosi sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘limning aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv har tomonlama, to‘liq va xolis o‘tkazilishini bildirdi.
Ekspertiza va protsessual tadbirlar yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi hamda tibbiyot xodimlarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.