Yangiliklar
31.07.25
8465

Yil boshidan buyon O‘zbekiston samolyotlari va aeroportlarida 5 kishi vafot etdi

**Uzbekistan Airports** ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston aeroportlarida va samolyot bortida 5 yo‘lovchi vafot etgan. Sabablarga parvoz vaqtida yoki terminallarda sog‘liq holatining keskin yomonlashuvi kiradi.

Bundan tashqari, 2025 yil iyul holatiga ko‘ra, 61 nafar yo‘lovchi tibbiy ko‘rsatmalar asosida parvozga qo‘yilmagan. Taqqoslash uchun, butun 2024 yil davomida bunday holatlar 46 tani tashkil etgan.

Uzbekistan Airports yo‘lovchilarga parvozlardan oldin shifokorlarning tavsiyalarini inobatga olishni, surunkali kasalliklari mavjud bo‘lsa, mutaxassis bilan maslahatlashishni eslatmoqda. Shoshilinch vaziyatlarda esa samolyot bortida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bortkuzatuvchilar yordam beradi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling