Toshkentning Shayxontohur tumanida 16-fevral kuni kechqurun Beltepa ko‘chasidagi xususiy uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in haqida xabar soat 20:51 da shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga kelib tushgan. Faqat uch daqiqa o‘tib, 20:54 da yong‘in-qutqaruv brigadalari voqea joyiga yetib, yong‘inni o‘chirish ishlari boshlangan.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat nazorat ostida. Yong‘in o‘chirish ishlari davom etmoqda. Yong‘inning maydoni va ehtimoliy jabrlanganlar haqida ma’lumot aniqlanmoqda.