Yangiliklar
15.10.25
7682

Toshkent metrosida ayolga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamoqqa olindi

Toshkent metrosining “Paxtakor” bekatida erkak qizga tegajog‘lik qilgan. Sud unga odatiy jazo sifatida 5 sutka ma’muriy qamoq tayinladi.

Toshkent metrosining “Paxtakor” bekatida bir erkak poyezd vagonida yo‘lovchi ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan. Qiz esa jasorat ko‘rsatib, huquqbuzarni ushlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.

Shayxontohur tuman sudi qaroriga ko‘ra, ushlangan shaxs Surxondaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. Sud majlisida u aybini tan oldi, pushaymonligini bildirdi va jazoni belgilashda buni inobatga olishni so‘radi.

Sud uning harakatlarini jinsiy tegajog‘lik deb baholab, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi — bu kabi holatlar uchun odatiy jazo hisoblanadi.

Erkak ozod qilingach, har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling