Toshkent xalq deputatlari Kengashi issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini oshirishni ma’qulladi. Qaror 22-avgust kuni Veolia Energy Tashkent kompaniyasi taklifi asosida qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, yangi tariflar quyidagicha bo‘ladi:
aholiga — +15% (121 617 so‘mdan 139 860 so‘m/Гкал gacha, QQSsiz);
yuridik shaxslarga — +40% (244 497 so‘mdan 342 296 so‘m/Гкал gacha);
byudjet tashkilotlariga — +18,8% (801 963 so‘mdan 952 797 so‘m/Гкал gacha);
bazaviy tarif — +7% (664 465 so‘mdan 711 641 so‘m/Гкал gacha).
Tariflarning kuchga kirish sanasi hali tasdiqlanmagan. Veolia ularni 2025-yil 1-oktabrdan oshirishni taklif qilgan. Qaror Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov imzolaganidan keyin 15 kundan so‘ng kuchga kiradi.
Kompaniya bosh direktori Sevara Pardaevaning aytishicha, hozirda aholi bazaviy tarifning atigi 18 foizini to‘lamoqda, qolgan qismi byudjetdan qoplanadi. Hukumat besh yil ichida subsidiya tizimini bosqichma-bosqich bekor qilib, aholining to‘lovini 100 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.
«Boshqa yo‘l yo‘q — tariflarni ko‘tarish kerak. Agar buni har yili qilinmasa, keyinchalik bir yo‘la 40–50% ga oshirishga to‘g‘ri keladi», — dedi Pardaева.
Shu bilan birga, tariflar oshishi bilan byudjetdan ajratiladigan subsidiya hajmi ham ortmoqda. 2024-yilda issiqlik ta’minoti korxonalarining zararini qoplash uchun 1,97 trln so‘m ajratildi, bu 2023-yildagidan 22,8% ko‘p. 2025-yilda Toshkent byudjeti xarajatlari 9,7 trln so‘m etib prognoz qilinmoqda, uning deyarli 28 foizi (2,71 trln so‘m) aholiga tariflarni pasaytirish oqibatida yuzaga keladigan zararlarni qoplashga yo‘naltiriladi.