Yangiliklar
25.08.25
7541

Toshkentda arzon narxlardagi bayram yarmarkalari ochildi

Toshkentda bayram yarmarkalari boshlandi: go‘sht, sabzavot va mevalarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Go‘sht narxi — 65 mingdan 90 ming so‘mgacha.

Toshkentda Mustaqillik kuni arafasida bayram yarmarkalari ochildi, unda poytaxt aholisi va mehmonlari mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Shahar hokimiyati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rastalarda mahalliy xo‘jaliklar mahsulotlari, shuningdek, Belarus, Pokiston, Mongoliya va Hindistondan keltirilgan qoramol va mayda shoxli mollar go‘shti taqdim etilgan. Bundan tashqari, yarmarkalarda O‘zbekiston hududlaridan keltirilgan meva-sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari keng tanlovda taklif etilmoqda.

Go‘sht narxi yarmarkalarda 1 kilogrammi uchun 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha belgilangan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyiha aholining kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi va bozor narxlarining barqarorligini saqlashga qaratilgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling