Yangiliklar
31.07.25
8466

Toshkentda 240 mln so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosi to‘xtatildi

DXX va militsiya xodimlari umumiy qiymati 240 mln so‘mlik taqiqlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqardilar.

Operativ tadbir davomida 1976 yilda tug‘ilgan erkak qo‘lga olindi. U 72 ming dona tibbiy buyumni 111 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan, hatto oldindan 30 mln so‘m avans ham olgan.

Uning uyidan va avtomobilidan quyidagilar olib qo‘yildi:

  • 72 389 dona tibbiy buyum;

  • umumiy qiymati 240 mln so‘m bo‘lgan 867 qadoq dori vositalariMagnikum, Relok, Dizenteron va boshqalar.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, dorilar sifatsiz ekani aniqlandi: ular sanitariya qoidalariga zid sharoitda saqlangan va realizatsiya qilish, tashish hamda tibbiy qo‘llash uchun taqiqlangan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling