Yangiliklar
18.09.25
7377

Toshkentda ayol ikki nafar bolasini derazadan tashlab yubordi va o‘zi ham sakrab halok bo‘ldi.

Toshkentda 24 yoshli ayol ikki nafar bolasini to‘rtinchi qavatdan tashlab yubordi va o‘zi sakkizinchi qavatdan sakradi. Bolalar tirik qolgan, onasi esa vafot etdi. Hodisaga er-xotinning janjali sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Toshkentning Olmazor tumanida 24 yoshli ayol ikki nafar kichik yoshli o‘g‘lini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgan, so‘ng o‘zi ham sakkizinchi qavatdan sakragan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Fojia 17-sentabr kuni soat 14:18 atrofida yuz bergan. Yoshi 1 va 3 da bo‘lgan bolalar to‘rtinchi qavatdan yiqilib tushgan, biroq ularning hayoti saqlab qolingan. Hozircha bolalarning ahvoli oshkor qilinmagan.

Ayolning o‘zi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga er-xotin o‘rtasidagi rashk asosidagi janjal sabab bo‘lishi mumkin.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») va 25-moddasi («Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd qilish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling