Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida O‘zbekiston prezidentini internetda omma oldida haqorat qilganlikda ayblangan 18 yoshli yigitga hukm o‘qildi.
Sud materiallariga ko‘ra, yigit prezidentning Instagram’dagi surati ostida sharh qoldirgan bo‘lib, sud-siyosiy-lingvistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u davlat rahbarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ifodalarni o‘z ichiga olgan.
Sud majlisida ayblanuvchi aybini tan olib, bu fikrni yomon niyatda yozmaganini va oqibatlarini tushunmaganini aytgan.
Sud uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida, OAV yoki internet orqali haqorat qilish yoki tuhmat qilish” bandi bo‘yicha aybli deb topdi va unga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Sud qaroriga muvofiq, yigitning Instagram’dagi profili bloklanadi, bu vazifa Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuklatilgan.
Hukmga ko‘ra, unga yashash joyini tark etish taqiqlanadi, faqat ishga borish va uyga qaytish uchun zarur bo‘lgan vaqtda chiqishiga ruxsat etiladi.