Yangiliklar
25.08.25
7493

O‘zbekistonga yana +40 darajagacha issiq qaytmoqda

Dushanbadan boshlab O‘zbekiston hududida jazirama ob-havo kuzatiladi: kunduzi havo +39 °C gacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa +40 °C gacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda yozning so‘nggi ish haftasi kuchli issiqda o‘tadi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dushanbadan boshlab havo harorati ko‘tarilib, kunduzi +36…+39 °C, janubiy va cho‘l hududlarda esa +40 °C gacha yetadi.

Prognozga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Shimoliy va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/soniyagacha kuchayishi, ayrim tumanlarda esa chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda butun hafta davomida quyoshli ob-havo bo‘ladi. Kunduzi havo harorati +36…+39 °C, kechalari esa +21…+24 °C atrofida bo‘ladi. Shamol sharqiy yo‘nalishda, 3–8 m/soniya tezlikda esadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling