Yangiliklar
23.09.25
7404

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish sanalari tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni tasdiqladi. U 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha farmon imzoladi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Hujjatga ko‘ra, ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkaziladi. Uni tashkil etish uchun respublika komissiyasi tuziladi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha ma’lumotlarni yig‘ish “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari ishtirokida olib boriladi. Ro‘yxatga olish planshet qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Davlat organlariga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari barcha xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatga olishni ta’minlash majburiyati yuklatilgan. Shuningdek, jarayonni nazorat qilish uchun hududlarda shtablar tashkil etiladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling