Yangiliklar
19.09.25
7448

O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab fuqarolar va biznesdan ayrim hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi

2026 yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlari fuqarolar va biznesdan ayrim hujjatlarni, jumladan tibbiy ma’lumotnomalar va sertifikatlarni talab qila olmaydi. Ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi orqali tekshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari fuqarolar hamda biznesdan ayrim hujjatlarni talab qila olmaydi. Tegishli farmonni prezident imzoladi.

Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatishda, ishga qabul qilishda va ma’muriy jarayonlarda zarur ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi orqali avtomatik so‘raladi. Ushbu hujjatlarni talab qilish davlat xizmatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi.

Ta’qiqlangan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • 083 va 063-shakldagi tibbiy ma’lumotnomalar;

  • vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi;

  • xorijiy til bilish darajasi milliy sertifikati;

  • sport razryadi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • ilmiy daraja olishni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi qoidalar aholiga yiliga qariyb 47 mlrd so‘m tejash imkonini beradi, ma’muriy xarajatlar esa 80 mlrd so‘mga qisqaradi.

Tashabbus byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini faol joriy etishga qaratilgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling