Yangiliklar
30.10.25
7525

Voronejda o‘zbekistonliklar noqonuniy migratsiyani tashkil etganlikda ayblanmoqda

Voronejda sud xorijliklar uchun soxta migratsiya hujjatlarini tayyorlaganlikda ayblanayotgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining ishini ko‘rib chiqadi.

Voronej shahrida O‘zbekiston fuqarolariga qarshi noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha jinoyat ishi tergovi yakunlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvaridan 2024-yil dekabrigacha bo‘lgan davrda yetti nafar o‘zbekistonlikdan iborat guruh pullik asosda soxta migratsiya hujjatlarini tayyorlab bergan. Ushbu hujjatlar xorijliklarga Rossiya hududida noqonuniy ravishda yashash imkonini bergan.

Tergov idoralari jinoyat guruhi aniq rol taqsimoti bilan harakat qilganini va noqonuniy migrantlardan foyda olish uchun puxta tizim tashkil etganini bildirgan.

Hozirda gumonlanuvchilar qamoqda saqlanmoqda. Ularga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining “Noqonuniy migratsiyani tashkil etish” moddasi bo‘yicha jazo tayinlanishi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekiston bankining sobiq xodimi Yevgeniy Serebryakov Moskva shahrida Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi polkovnigi avtomobilini portlatganini tan olgani haqida xabar berilgan edi. Uning ishi sudga yuborilgan bo‘lib, sud jarayoni yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling