Yangiliklar
10.03.26
7399

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqdi

O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi Bangladeshni 4:0 hisobida mag‘lub etdi va Ayollar Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqdi. Jamoaning Jahon chempionatiga yo‘l olish imkoniyati ham saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026 yil 1–21 mart kunlari Avstraliyada o‘tkazilayotgan Ayollar Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqdi.

9 martdagi guruh bosqichi so‘nggi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Bangladeshni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarni Diyorahon Xabibullayeva (62-daqiqa), Dildora Nozimova (62 va 66-daqiqa) hamda Nilufar Qudratova (88-daqiqa) kiritdi.

Guruh bosqichida O‘zbekiston B guruhida o‘ynadi. Birinchi o‘yinda terma jamoa Shimoliy Koreya bilan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, so‘ngra Osiyo chempioni Xitoyga ham 0:3 hisobida yutqazdi.

Bangladesh ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston jamoasiga uch ochko olib keldi va guruhlarda uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalar qatoriga kirdi. To‘p farqi bo‘yicha O‘zbekiston Filippin terma jamoasidan o‘zib ketib, chorak finalga yo‘l oldi.

O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi boshqa guruhlardagi o‘yinlar yakunlangach aniqlanadi. Jamoa 14 mart kuni A guruhi g‘olibi Janubiy Koreya bilan yoki 15 mart kuni C guruhi g‘olibi bilan o‘ynashi mumkin.

Turnir qoidalariga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasining olti terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l oladi. Chorak finalda yutqazgan taqdirda ham, O‘zbekiston jamoasining qo‘shimcha o‘yin yoki qit’alararo play-off orqali musobaqaga yo‘l olish imkoniyati saqlanadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling