2024-yil 27-fevral kuni “Ilhom” teatri va Bonum Factum galereyasi qaraqalpoq rassomi Baxtiyor Serekeevning “Ikki” nomli ko‘rgazmasini ochadi.
Ko‘rgazmada yosh rassom Baxtiyor Serekeevning rang-barang palitra va o‘z uslubini izlash orqali ijodiy o‘zini ifoda etishdagi mutlaq erkinlikni aks ettiruvchi asarlari namoyish etiladi.
Uning ijodida ranglar bir-biri bilan doimiy muloqotda bo‘ladi: ikki qarama-qarshi rangning uyg‘unligi o‘ziga xos uchinchi rangni yaratadi. Chunki Koinotdagi har bir hodisa ikki qirradan, ikki qarama-qarshi yarmidan tashkil topgan. Tabiatda hech bir hodisa o‘zining “qarama-qarshi yarmi”siz mavjud bo‘la olmaydi.