Tibbiyot
13.02.24
21340

JSST: Yil boshidan buyon 40 mingdan ortiq kishi koleraga chalingan.

Kasallik tashkilotning olti hududidan to‘rtida qayd etilgan.

JSST: Yil boshidan buyon 40 mingdan ortiq kishi koleraga chalingan

2024-yil yanvar oyida dunyoda kolera bilan kasallanganlar soni 40 mingdan oshdi, deb xabar beradi TASS, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib.

17 mamlakatdan 40,9 ming holat va 775 o‘lim qayd etilgan. Kasallik JSSTning olti hududidan to‘rtida — Afrika, Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda aniqlangan. Ayniqsa Zambiya va Zimbabveda kasallik keskin ko‘tarilgan.

Kolera bilan global kurashga og‘iz orqali emlanadigan vaksinalarning (OCV) keskin yetishmasligi ta’sir qilmoqda. 2023-yil yanvardan 2024-yil yanvargacha OCV bo‘yicha favqulodda so‘rovlar keskin oshgan: 14 mamlakat 76 mln dozani so‘ragan, holbuki mavjud bo‘lgan faqat 38 mln doza edi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling