Yangiliklar
26.08.25
7166

Yaponiya TIV rahbari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaя Takeshi 26–27 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar va ikki davlat TIVlari o‘rtasida ilk strategik muloqot rejalashtirilgan.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaя Takeshi 26–27 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu uning Yaponiya TIV rahbari sifatida oxirgi uch yil ichidagi birinchi tashrifi bo‘ladi.

Toshkentda u O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida ilk strategik muloqotni o‘tkazib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro chaqiriqlarga birgalikda javob berish masalalarini muhokama qiladilar.

Ivaя Takeshi Tokio O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini, infratuzilmani rivojlantirishga, “yashil” texnologiyalarni joriy etishga, kadrlar tayyorlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga ko‘maklashishini ta’kidladi.

Yaponiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif uning ko‘p yillik orzusi bo‘lgan. U mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini va do‘stlik hamda o‘zaro ishonch asosida rivojlanayotganini qayd etdi.

Ivaя Takeshi tashrifi strategik hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lishiga va ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama loyihalarga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Yaponiya energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarida yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling