Dunyo
31.07.25
32902

Pekindagi toshqin: qurbonlar soni 40 kishidan oshdi

Xitoy poytaxtida kuchli jala yog‘inlari oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Xitoy OAV xabariga ko‘ra, Pekinda halok bo‘lganlar soni 40 kishidan oshdi.

Tabiiy ofat infratuzilmalarga zarar yetkazdi, ko‘priklarni vayron qildi, turar-joy hududlari va yo‘llarni suv bosdi. Yuz minglab odamlar evakuatsiya qilindi. Daryolar va to‘g‘onlardagi suv sathi kritik darajaga yetgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bu mintaqadagi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng vayronkor toshqin hisoblanadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling