Biznes
21.02.24
20880

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdosidan 250 mln dollardan ortiq daromad ko‘rdi

Eksport ko‘rsatkichi sezilarli darajada oshdi.

2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston 250,2 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 14,4 foizga oshgan.

To‘qimachilik eksporti tarkibida asosiy ulushni tayyor mahsulotlar (37,4%) va ip-kalava (48,5%) egallagan.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyida 47 ta davlatga 438 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling