Nestlé kompaniyasi O‘zbekistonda bolalar ovqatining cheklangan miqdordagi mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishni e’lon qildi. Gap quruq sutli va nordon sutli aralashmalarning ayrim partiyalari, shuningdek, davolovchi parhez ovqatlanish uchun mo‘ljallangan aminokislotalar asosidagi quruq aralashma haqida bormoqda. Bu haqda Nestlé Food kompaniyasi ma’lum qildi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, mahsulotlarni qaytarib olish ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda va Nestlé’ning bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qamrab olgan global ixtiyoriy qaytarib olish dasturi doirasida o‘tkazilmoqda. Qarorga tashqi yetkazib beruvchidan olingan ingredientlardan biri — araxidon kislotasida tsereulid toksini bo‘lishi ehtimoli aniqlangani sabab bo‘lgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ingredientning mahsulot tarkibidagi ulushi juda kam, shuningdek, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida tsereulid toksini miqdori bo‘yicha alohida me’yorlar belgilangan emas. Shunga qaramay, mumkin bo‘lgan xavflarni minimallashtirishga qaratilgan global siyosat doirasida 2026 yil 5 yanvardan ayrim partiyalarni ixtiyoriy qaytarib olishga qaror qilingan.
Ko‘rsatilgan partiyalarga mansub mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni qaytarish tartibi bilan kompaniyaning Facebook, Instagram va Telegram’dagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadigan qo‘shimcha ma’lumotlar orqali tanishishlari mumkin.
Qaytarib olish boshqa partiyalarga tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan Nestlé’ning boshqa turdagi bolalar ovqatlariga taalluqli emas.
Qaytarib olinayotgan mahsulotlar partiyalari ro‘yxati:
NAN 1 OPTIPRO:
51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA
NAN 2 OPTIPRO:
5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611
NAN nordon sutli (0–12 oy):
51230017A1
NAN Supreme (0–12 oy):
52790742C1
ALFARÉ Amino:
51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1