Business Model Dating Toshkentda klassik biznes-konferensiyalar va motivatsion tadbirlardan tubdan farq qiladi. Bu yerda uzoq va mavhum ma’ruzalar yoki tadbirkorlik haqidagi umumiy mulohazalar yo‘q. E’tibor markazida — kompaniya o‘sish sur’ati, barqarorligi va kengayish salohiyatiga bevosita ta’sir qiluvchi biznes-modelning o‘zi turadi.
Bir kun davomida ishtirokchilar ekspertlar ma’ruzalarini amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan formatda ishlaydi. Ular qaysi biznes-modellar haqiqatan kengayish imkoniyatiga ega ekanini tahlil qiladi, o‘sish va barqarorlik nuqtai nazaridan baholashni o‘rganadi, amalda ishlayotgan bizneslarni tahlil qilib, biznes-modelning potensialini ko‘rsatadigan elementlarni aniqlaydi. Maxsus e’tibor investitsiya jamoasi biznes-modellarni qanday baholashi va sarmoya qarorlari qabul qilinayotganda qaysi parametrlar muhim ekaniga qaratiladi.
Format shunday tuzilganki, bilimlar darhol — xonada qo‘llaniladi, keyinga qoldirilmaydi. “Biz ongli ravishda ilhomlantiruvchi chiqishlardan chekinamiz. Bizning vazifa — tadbirkorga keyingi biznes-modelini qanday tanlashni tushunib chiqishini ta’minlash”, — deydi Business Model Dating tashkilotchilari.
Workshop muallifi — Oskar Xartmann, xalqaro investor va tadbirkor, 150 dan ortiq kompaniya asoschisi va investori bo‘lib, ularning umumiy kapitallashuvi taxminan 20 milliard dollarni tashkil etadi. Xartmann CB Insights versiyasiga ko‘ra dunyo biznes-malaikalarining TOP-18 qatoriga kiradi. Uning investitsiya portfelida har biri bir milliard dollardan oshiq kapitallashuvga ega 15 unicorn kompaniya mavjud. U Auto1, Sennder, Cars24 va Spinny kabi kompaniyalar asoschisi bo‘lgan, shuningdek Accumulator Unicorn Venture Fund, Fastline Ventures, Simile Ventures Partners va LARIX fondlarining ham asoschisi va hamkori hisoblanadi.
Spikerlar qatorida — Sanjar Maksudov (2500 dan ortiq restoranda foydalaniladigan JOWI ERP tizimi asoschisi, Restoranlar g‘ildiyasining raisi, Zira Fest va Zira Expo hamasoschisi), Nikolay Korjik (O‘zbekistonda yetakchilik va EQ dasturlari bo‘yicha yetakchi, YEvropadagi №1 rus tilidagi trening kompaniyasi asoschisi va rahbari) va boshqa mutaxassislar bor. Format yangi loyihalarni ishga tushirish yoki faoliyat ko‘rsatayotgan biznes bilan ishlayotgan va biznes-modelini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tushunadigan tadbirkorlar uchun ham mos.
Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://business.unicornfellowship.ru