Biznes
17.01.24
11741

OPEK neftga bo‘lgan talabning o‘sishini prognoz qilmoqda

2025-yilda talabning o‘sish omillaridan biri transport yoqilg‘isi bilan bog‘liq bo‘ladi

OPEK prognozlariga ko‘ra, 2024-yilda jahon bo‘yicha neftga bo‘lgan talab kuniga 2,2 million barrelga, keyingi yilda esa 1,8 million barrelga oshadi. Bu haqda tashkilot hisobotida qayd etilgan.

2025-yilda talabning o‘sish omillaridan biri transport uchun yoqilg‘i sarfi, shuningdek, ichki va xalqaro aviaqatnovlar ko‘payishi tufayli kerosin iste’moli oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan yil noyabr oyida Rossiya Markaziy Osiyoga uglevodorod yetkazib berishni qisqartirgan. Yil davomida Rossiyaning mintaqaga neft eksporti 21 foizga kamayib, kuniga 2,3 million barrelni tashkil etgan. OPEK ekspertlari ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoga yetkazib berish hajmining kamayishi asosan neft va mazut eksportining pasayishi bilan izohlanadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling