Biznes
20.01.24
8627

Prezident Shavkat Mirziyoyev kripto-aktivlarni noqonuniy sotib olish uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Yangi qonunchilikka ko‘ra, kripto-aktivlarni noqonuniy sotib olish, sotish yoki almashish, shuningdek, tegishli litsenziyasiz kripto-aktivlar muomalasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday huquqbuzarlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilmaydigan shaxslarga 20 dan 30 BHMgacha (6,8 mln – 10,2 mln so‘m) jarima belgilangan. Bunda kripto-aktivlar musodara qilinadi.

Shuningdek, anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirgan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning mansabdor shaxslari 30 dan 40 BHMgacha (10,2 mln – 13,6 mln so‘m) jarimaga tortiladi.

Belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyati bilan shug‘ullanish ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunda 5 sutkagacha ma’muriy qamoq yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilmaydigan shaxslarga 20 dan 30 BHMgacha (6,8 mln – 10,2 mln so‘m) jarima belgilanishi hamda mayning uskunalari musodara qilinishi mumkin. Anonim kripto-aktivlarni mayning qilish esa mansabdor shaxslar uchun 30 dan 40 BHMgacha (10,2 mln – 13,6 mln so‘m) jarima va kripto-aktivlar hamda uskunalarni musodara qilish bilan jazolanadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling