Biznes
26.01.24
10268

2024-yildan boshlab Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda

2024-yildan boshlab Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘istonning “KazTransOil” kompaniyasi 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilish hajmini 550 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu ko‘rsatkich avval belgilangan 500 ming tonnaga nisbatan yuqoriroqdir. “KazTransOil” 2017-yildan buyon Rossiya neftini O‘zbekistonga asosiy magistral quvurlar tizimi orqali yetkazib bermoqda.

2017-yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018-yilda esa 35,8 ming tonnani tashkil qilgan. 2019–2022-yillarda tranzit amalga oshirilmagan. 2023-yilda esa Rossiya neftining tranzit hajmi 154,3 ming tonnaga yetgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling