Biznes
11.01.24
11039

Saudiya kompaniyalari O‘zbekistondan o‘g‘it xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.

Axborot agentligi “Dunyo” Saudiya kompaniyalarining O‘zbekistondan o‘g‘it xarid qilishga qiziqish bildirganini ma’lum qildi.

Saudiyaning hayvonlar uchun yem ishlab chiqaruvchi UFMC korxonasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va uglevodorodlar savdosiga ixtisoslashgan Muhaidib Group kompaniyasi o‘zbek mahsulotlariga qiziqish bildirdi.

Har ikki kompaniya o‘zbek ishlab chiqaruvchilaridan karbamid, azot va kaliy o‘g‘itlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Ehtimoliy yetkazib berish masalasi O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov va mazkur saudiyalik kompaniyalar vakillari o‘rtasida muhokama qilindi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling