Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil davomida O‘zbekiston xorijga 1,7 million tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilib, bundan 1,1 milliard dollardan ortiq daromad oldi.
Eksport hajmi 2022-yilga nisbatan 1,1 foizga, qiymat jihatidan esa 3,3 foizga oshgan. Asosiy eksport yo‘nalishlari Rossiya (37%), Pokiston (16,7%), Xitoy (12,3%) va Qozog‘iston (10,3%)ni tashkil etdi.