UzAuto Motors kompaniyasi qo‘shimcha texnika birliklari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni boshlaganini ma’lum qildi.
Damas D2 DLX Style Plus — 96 932 000 so‘m (avvalgi narx 92 204 000 so‘m)
Labo LB2 Plus — 96 370 000 so‘m (avvalgi narx 91 669 000 so‘m)
Cobalt GS-Style Plus MT — 119 542 000 so‘m (avvalgi narx 113 711 000 so‘m)
Cobalt GX-Style Plus AT — 141 181 000 so‘m (avvalgi narx 134 294 000 so‘m)
Eslatib o‘tamiz, kompaniya ommabop model savdolarini sakkiz oylik tanaffusdan so‘ng shu yil avgust oyi boshida qayta boshlagan edi. Dilerlik markazlarida yuzaga kelgan katta talab fonida atigi bir kunda 50 mingdan ortiq shartnoma imzolangan. 18-sentabr kuni savdolar boshlangani e’lon qilingan, biroq ikki soat ichida 28 mingta kontrakt tuzilib, savdolar vaqtincha to‘xtatilgan.