2024-yil yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
2023-yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 870,1 mln dollarga yoki 17,2 foizga oshgan.
Eksport hajmi 1,1 mlrd dollarni tashkil qilib, 47,1 foizga kamaygan. Import esa 3 mlrd dollarga yetib, 4,1 foizga o‘sdi.